Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

14.06.2024 1750

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.S. 1 008 dona “Reduksin layt” hamda 1 020 dona “Pro Lipolytic” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.U. xaridorga 45 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 700 ming so‘mga sotgan vaqtda ushlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari tomonidan va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N-F.” hamda “D.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari fuqarolar R.J. va D.S.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari bo‘lgan dori vositalarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 48 ta dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.